Yevropadagi eng yirik bog‘ Afina aeroporti o‘rnida quriladi (foto)
Bu qiziq
−
15 dekabr 2022 4058 1 daqiqa
Gretsiyaning uzoq yillardan buyon foydalanilmayotgan Afina aeroporti o‘rnida yashil bog‘ quriladi. Bundan asosiy maqsad tarixiy shaharni ekologik toza hududga aylantirishdan iborat. Ulkan bog‘ Yevropadagi eng katta yashil maydon bo‘lishi aytilmoqda. Bu haqda “ArchDaily” sayti xabar berdi.

Gretsiyaning Afina xalqaro aeroporti 2001 yilda foydalanishdan chiqarilgan bo‘lsada, uning binosi hozirga qadar foydalanilmagan. Gretsiya hukumati shuni hisobga olgan holda aeroport o‘rnida katta qirg‘oqli bog‘ qurishni boshlamoqda.

Bog‘ni 600 gektar maydonda qurish rejalashtirilgan bo‘lib, loyihada park, bolalar maydonchasi va madaniyat markazi kabi jamoat binolari kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 86 turdan iborat 30 000 dan ortiq yangi daraxtlar ekiladi. Yashil maydonning ilk poydevori 2023 yilda qo‘yiladi.
Afinadagi jamoat joylari o‘ziga xos bo‘lib, ularning aksariyati qadimiy xarobalar, shahar maydonlari, ko‘chalar ko‘rinishida tutashgan notekis landshaftlardan tashkil topgan. Yangi bog‘ fuqarolarga tabiat bilan qayta aloqa o‘rnatishga yordam berish va yunon landshaftiga madaniy yaqinlikni tiklashga qaratilgan.








Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi