Yevropadagi eng yirik aviakompaniya bankrotga uchradi 

Olam

image

Yevropadagi eng yirik – Buyuk Britaniyaning Flybe mintaqaviy aviakompaniyasi bankrot e’lon qildi va o‘z parvozlarini to‘xtatdi. Aviakompaniya veb-saytidagi bayonotda aytilishicha, aviachiptalar va reyslar sotuvi to‘xtatilgan. Bu haqda kompaniyaning Twitter'dagi sahifasida xabar berildi.

“2023 yilning 28 yanvarida Oliy sud Devid Pike va Mayk Pinkni Flybe Limited kompaniyasining qo‘shma ma’murlari etib tayinladi. Aviakompaniya hozirda ishlamayapti. Biz bankrotlik axloq kodeksiga rioya qilamiz”, deyiladi aviakompaniya saytida.

Skynews telekanalining qayd etishicha, kompaniya allaqachon 321 nafar xodimdan 277 nafarini ishdan bo‘shatgan, qolgan 44 nafari esa o‘z ishini saqlab qolgan. 75 ming yo‘lovchi zarar ko‘rgan. 

Shu bilan birga, Britaniya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi samolyotga chiqishga ulgurmagan Flybe yo‘lovchilariga boshqa aviatashuvchilar reyslarida chegirmalarni taklif qilgani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Flybe Belfast, Birmingem va Xitroudan Britaniya bo‘ylab aeroportlarga, shuningdek, Amsterdam va Jenevaga 21 ta yo‘nalish bo‘yicha rejali reyslarni amalga oshirar edi.

Kompaniya birinchi marta 2020 yil mart oyida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida karantin davrida parvozlar to‘xtatilganini e’lon qilgan edi. Kompaniya Opco firmasi tomonidan sotib olinganidan keyin bankrotlikdan saqlanib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing