Yevropada rus milliarderlarining qancha boyligi muzlatilgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
25 may 2022
9788Yevropa Ittifoqi (YeI) Ukrainadagi urush munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar doirasida rossiyalik ishbilarmonlarning qariyb 10 mlrd yevrolik aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda DPA agentligi Yevropa komissiyasi (YeK) ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi "maxsus harbiy operatsiyasi" fonida, rossiyalik tadbirkorlar hashamatli yaxtalar, ko‘chmas mulk va boshqa 10 mlrd yevrodan sal kamroq aktivlaridan mahrum bo‘lgan.
Yevropa komissiyasi bugun, 25 may kuni muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilish imkonini beradigan qonun loyihasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. DPA ma’lumotlariga ko‘ra, keyinchalik, ushbu mablag‘lar Ukrainani tiklash uchun ishlatilishi mumkin.
“Yevropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish uchun, kerak bo‘lsa har bir toshni ag‘darishi kerak”, degan Yevropa Ittifoqi raisi Ursula fon der Lyayen.
O‘tgan hafta fon der Lyayen Germaniyaning ZDF telekanalida Yevropa Ittifoqi mojaro tugaganidan keyin Ukrainani qayta tiklashni moliyalashtirish uchun rossiyalik ishbilarmonlarning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish yo‘llarini izlashda davom etayotganini aytdi. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel tashkilot mamlakatlariga Rossiya valyuta zaxiralarini Ukrainani tiklashga yo‘naltirish uchun muzlatilgan aktivlarni olib qo‘yishga chaqirgandi.
LiveBarchasi