Yevropada maymun chechagidan ilk o‘lim qayd etildi

Olam

image

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda maymun chechagidan birinchi odam o‘lganini tasdiqladi. Bu Yevropada ushbu infeksiyadan birinchi o‘lim holati, deya xabar bermoqda EFE agentligi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyada deyarli 4,3 ming kishi kasallangan.

Aytish joizki, joriy yilning 23 iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qildi.

Bugungi kunga qadar dunyoning 78 davlatida maymun chechagi bilan kasallangan 21 mingdan ortiq bemor aniqlangan. Ularning 70 foizdan ortig‘i Yevropada ro‘yxatga olingan. 

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing