Yevropada koronavirus chekloviga qarshi namoyishlar avj olmoqda

Olam

Yevropaning yirik shaharlarida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarning kuchaytirilishiga qarshi namoyishlar avj olmoqda.

Niderdandiya poytaxti Amsterdamda minglab odamlar aksilkovid choralarga qarshi namoyish o‘tkazib, markaziy maydonga to‘plandi.

Qisman lokdaun kiritilganidan g‘azablangan odamlar 19 noyabr kuni Rotterdamdagi namoyish tartibsizliklarga aylanib ketishi ortidan tashkilotchilar tomonidan aksiya bekor qilinganiga qaramay to‘planishgan. Rotterdamda politsiya bilan to‘qnashuvlar natijasida 7 kishi yaralangan, kamida 20 kishi hibsga olingan.

Shuningdek, Avstriya poytaxti Venada ham minglab odamlar dushanbadan boshlab hukumat tomonidan o‘rnatilgan umumiy lokdaunga va kelgusi yilning fevral oyidan boshlanadigan majburiy emlashga qarshi namoyish o‘tkazdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyada 35 mingga yaqin odam ishtirok etgan. Namoyishlar vaqtidagi keskinlik sabab politsiya bilan to‘qnashuvlar va hibsga olishlar bo‘lgan.

Yevropaning yana bir yirik shahri Rimda ham uch mingga yaqin odam norozilik aksiyasi o‘tkazgan. Odamlar qadimda rimliklar xalq bayramlari uyushtirgan Katta sirk oldida to‘plangan.

Odamlar emlashga majburlanishi hamda “yashil pasport”ga qarshi chiqdi. Bundan pasportlarsiz odamlar ish joyiga, restoranga, kinoteatrga, sport zaliga yoki samolyotga kira olmaydi.

Italiya bilan chegaradosh Xorvatiyada ham norozilik namoyishi o‘tkazildi. Emlanish sertifikati joriy qilinishidan g‘azablangan minglab odamlar Zagreb ko‘chalariga chiqdi. Ular pandemiya boshida hukumat tomonidan joriy qilingan cheklovlarni erkinlikni cheklash deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing