Yevropada gaz narxi yana pasaydi
Olam
−
18 Oktabr 2022 9336 1 daqiqa
Yevropada gaz narxi bugungi savdolar bo‘yicha, iyun oyining o‘rtalaridan beri birinchi marta 1000 kub metr uchun 1200 dollardan pastga tushgani qayd etildi. Bu haqda Londonning ICE birjasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyadagi tabiiy gaz yetkazib beruvchi birjalar noyabr oyida sotilishi mo‘ljallangan, tabiiy gaz narxi narxi 1000 kub metr uchun 1177 dollargacha yoki MVt/soat uchun €115,9 gacha tushishini taxmin qilmoqda.
Kun boshidan beri gaz narxining umumiy pasayishi deyarli 10% ni tashkil qildi.
Narxlarning pasayishiga Yevropa Ittifoqidagi gaz zaxiralarining maksimal darajada to‘ldirilishi sabab bo‘ldi. Shuningdek, mintaqada nisbatan iliq ob-havoning kuzatilayotgani va shamol kuchi orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish darajasining oshgani ham narxlarga ta’sir qilgan.
Temur Jumayev
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr