Yevropa yahudiylari markaziy sinagogi buzilmaydigan bo‘ldi
Jamiyat
−
05 avgust 2020
4936Avvalroq, poytaxt Toshkentning Yakkasaroy tumanida joylashgan Yevropa yahudiylari diniy jamoasining “Bet manachem” markaziy sinagogasining buzilishi yuzasidan bugun, 5 avgust kuni ilk mahkama bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
“ABSOLUTE BUSINESS TRADE” xususiy korxonasi 2-Mirobod ko‘chasi, 13, 15 va 17-uylarni buzish hisobiga yetkazilgan zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash maqsadida Toshkent shahar Yevropa yahudiylari diniy jamoasi bilan kelishuvga erisholmaganligi sababli Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan edi. Shunga ko‘ra sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sudda tomonlarning fikr-mulohazalari to‘liq tinglandi. “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” xususiy korxonasi Toshkent shahar Yevropa yahudiylari diniy jamoasiga qarashli yer maydoniga egalik qilish bo‘yicha kiritgan da’vo arizasini qaytarib oldi. Shunga ko‘ra, Toshkent shahar Yevropa yahudiylari diniy jamoasiga tegishli sinagoga binosi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaslikka erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1973 yilda tashkil etilgan sinagog yeri sobiq Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning 2017 yil 11 sentyabrdagi 1218-son qaroriga asosan “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” xususiy korxonasiga doimiy foydalanishga berilgan.
LiveBarchasi