Yevropa rus gaziga narx qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erisholmadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya gaziga narx chegarasini joriy etish bo‘yicha kelisha olmadi. Bu haqda energetika bo‘yicha Yevropa komissari Kadri Simson YeI energetika vazirlarining yig‘ilishidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Hech qanday qaror qabul qilinmadi”, deydi Yevropa komissari.

Shuningdek, u Yevropa Komissiyasining yakuniy takliflar paketi kelasi hafta tayyor bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, YeI energetika vazirlarining yig‘ilishi so‘ngida, Yevropa Ittifoqining 15 ta davlati gaz importiga umumiy cheklov joriy etilishini qo‘llab-quvvatlagan, faqatgina uchta davlat rus gazi importiga cheklovni ma’qullagan. Yana uchta davlat – Vengriya, Slovakiya va Avstriya qarshi chiqqan. Beshta davlat qarshi yoki neytral pozitsiyani tutgan.

Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Putin bu g‘oyani “ahmoqona”  deb rad etgan. Agar cheklov joriy qilinsa, Yevropani bu qishda "muzlatib qo‘yish" bilan tahdid qilgan. Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berishni allaqachon qisqartirgan va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni bekor qilmaguncha, avvalgi hajmdagi oqimlarni tiklamasligini ma’lum qilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing