Yevropa Rossiyani Ukrainadan chiqib ketishga undovchi bayonot tayyorlamoqda

Olam

image

Yevropa Ittifoqi va NATO yaqin kunlarda Rossiyani Ukrainadan chiqib ketishga undovchi bayonotni rasman e’lon qilishi mumkin. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu hujjat ancha avval tayyorlab bo‘lingan. Biroq uning e’lon qilinishiga Turkiya va Kipr o‘rtasidagi masala halaqit qilgan. Bayonot kelasi hafta yoki 2023 yilning boshida e’lon qilinishi mumkin.

Biroq ayrimlar Rossiyani Ukrainadan chiqib ketishga undovchi hujjatning kutilganidan erta e’lon qilinishiga ishonmayapti.

Bayonot loyihasiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va NATO Rossiyani zudlik bilan urushni to‘xtatishga va Ukrainadan Qurolli kuchlarni olib chiqib ketishga chaqiradi. Shuningdek, Yevropa davlatlari Ukraina mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor ta’kidlaydi.

Rossiya joriy yilning 24 fevralida Ukraina sarhadlariga bostirib kirdi. Shundan so‘ng, G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan keskin choralar qo‘llay boshladi. Hozirgacha Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 8 ta paketi imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing