Yevropa Rossiya gazini Erdo‘g‘anning “qo‘lidan” oladi
Olam
−
19 Oktabr 2022
7998Turkiyada Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berish uchun xalqaro gaz markazi tashkil etiladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 19 oktyabrda o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Hozir Yevropa kelayotgan qishda o‘zini qanday qilib issiqlik bilan ta’minlash masalasi bilan band. Bizda bunday muammo yo‘q. Biz Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan mamlakatimizda gaz markazi yaratish bo‘yicha kelishib oldik. Endi Yevropa tabiiy gazni buyurtma orqali Turkiyadan qabul qila oladi”, deydi u o‘z nutqida.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti o‘tgan hafta, “Rossiya energetika haftaligi” forumida so‘zga chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada “Shimoliy oqim” orqali yo‘qolgan tranzit hajmi qayta yo‘naltirilishi uchun Yevropadagi eng yirik gaz markazi yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Rossiya va Turkiya Prezidentlarining muzokaralarida markaz yaratish masalasi muhokama qilingan edi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, markazni eng qisqa vaqt ichida yaratish rejalashtirilgan, unga eng mos joy Turkiyaning Yevropa qismidagi Frakiya mintaqasidir.
Temur Jumayev
LiveBarchasi