Yevropa parlamenti deputati Zelenskiyni davlat yerlarini sotishda aybladi
Olam
−
26 iyun 2023 10993 1 daqiqa
Irlandiyalik deputat Mik Uolles Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni davlat yerlarini sotishda aybladi. Bu haqda u Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Yevropada joylashgan kompaniyalar hozirda Ukrainaning 3 million gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik qilmoqda.
“Ukrainaga yetkazilgan zarar juda katta. Biroq bu savdo-sotiq bilan shug‘ullanish uchun sabab bo‘la olmaydi. Gap 3 million gektar haqida ketyapti. Afsuski, ishchilar sinfidan bo‘lgan ukrainlar o‘sha sotilayotgan yerlar uchun o‘lmoqda”, deydi deputat

Shuningdek, Uolles bir necha bor Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan va bu mojarodan faqat G‘arb davlatlari foyda ko‘rishini ta’kidlagan.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr