Yevropa kinoakademiyasi yilning eng yaxshi filmini aniqladi

Olam

image

Daniyalik rejissyor Tomas Vinterbergning "Yana bir marotaba" filmi Yevropa kinoakademiyasi tomonidan yilning "eng yaxshi filmi" sifatida e’tirof etildi. Filmda bosh rolni mashhur aktyor Mad Mikkelsen ijro etgan. Bu haqda kinoakademiya rasmiy saytida ma’lum qilindi. 

Yevropa kinoakademiyasi mukofoti 1988 yildan beri o‘z egalariga topshiriladi. Mukofot AQSHning “Oskar”iga muqobil tarzda tashkil etilgan. G‘oliblarga bronza “Feliks” haykalchalari topshiriladi.

"Yana bir marotaba" filmi Mikkelsenga "Eng yaxshi aktyor" va Vinterbergga "Eng yaxshi rejissyor" mukofotlarini olishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, Vinterberg "Eng yaxshi ssenariy" mukofotini film muallifi Tobias Lindxolm bilan bo‘lishdi. "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida “Undina” filmidagi roli uchun Paula Ber mukofotga sazovor bo‘ldi. Ruminiyaning “Kollektiv” kinokartinasi eng yaxshi hujjatli film, deb topildi.

"Yana bir marotaba" tragikomediyasida inson tug‘ilganidan boshlab uning qonida alkogol yetishmasligi haqidagi nazariyani sinab ko‘rishga qaror qilgan to‘rt nafar o‘qituvchi haqida hikoya qilinadi. Ushbu nazariyadan ilhomlanib, Martin va uning uch do‘sti, ish kuni davomida doimiy ravishda tajribaga kirishadi. Dastlabki natijalar ijobiy bo‘lib, o‘qituvchilarning kichik loyihasi haqiqiy akademik tadqiqotga aylanadi. Ammo bu bora-bora odamlarning aqldan ozish darajasigacha yetadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing