Yevropa qishki gaz zaxiralaridan foydalana boshladi – OAV
Olam
−
18 iyun 2022
7217Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berishning qisqarishi Yevropani kelayotgan qish mavsumida iste’mol uchun yaratilgan zaxiralardan foydalanishga majbur qildi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.
Qayd etilishicha, gaz ta’minotining qisqarishi Fransiya, Italiya, Avstriya va Germaniyaga ta’sir qilgan. Bunga "Gazprom" kompaniyasining Siemens gaz turbinalarini ta’mirlashdagi muammolar ortidan ish faoliyatining to‘xtashini sabab bo‘lgan.
Aprel oyining o‘rtalaridan beri Yevropaning yer osti gaz omborlaridagi inventarlar birinchi marta qisqargan. Gaz odatda faqat yoz mavsumida quyiladi va olingan hajmlar qishning chillasigacha saqlanadi.
Wood Mackenzie Ltd. kompaniyasining prognoziga ko‘ra, “Shimoliy oqim” to‘liq to‘xtatilgan taqdirda Yevropa isitish mavsumi boshlanishiga qadar Yevropa Ittifoqi tomonidan belgilangan darajada gaz zaxiralarini to‘play olmaydi. Bu holatda yoqilg‘i 2023 yil yanvargacha tugaydi.
“Bloomberg”ga ko‘ra, gaz quvurining ekspluatatsiyasi uchun asosiy uskunalar Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli Kanadadan texnik xizmat ko‘rsatganidan keyin qaytib kela olmaydi. Shu sabab, hozirda Ottava va Berlin turbina bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha maslahatlashuvlar olib bormoqda.
LiveBarchasi