Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili tayinlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa Ittifoqi Kengashi elchi Teri Hakalani 2021 yil 1 iyuldan boshlab YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili (European Union Special Representatives (EUSR)) lavozimiga tayinladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi. 

Maxsus vakilning vazifasi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan Yevropa Ittifoqining doimiy va har tomonlama hamkorligiga qaratilgan. Ittifoqning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hamkorlik xavfsizlik, qonun ustuvorligi, atrof-muhit, suv resurslari, iqlim o‘zgarishi, ta’lim va inson huquqlari sohalaridagi keng qamrovli masalalarni qamrab oladi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo strategiyasiga muvofiq, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni rag‘batlantirish hamda barqaror aloqani rivojlantirish ham muhimdir. Strategiyaning Markaziy Osiyo uchun ahamiyati qo‘shni Afg‘oniston tufayli ortib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Teri Hakala finlyandiyalik diplomat bo‘lib, chet ellarda turli diplomatik lavozimlarda, shu jumladan Rossiya, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Jenevada elchi vazifasida ishlagan. U yangi lavozimga tayinlanmasidan oldin Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining texnologiyalar va xavfsizlik bo‘yicha elchisi edi.

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing