Yevropa Ittifoqi telefon ishlab chiqaruvchilariga 2 yil muddat berdi
Texnologiya
−
14 dekabr 2022
8223Yevropa Ittifoqi 2024 yilning 28 dekabrini mintaqadagi barcha elektron qurilmalar uchun umumiy quvvatlantiruvchi kabelni qabul qilishning so‘nggi muddati etib belgiladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lumki, 2024 yilning kuziga qadar EIda barcha portativ elektron qurilmalar USB Type-C zaryadlovchisidan foydalanishi kerakligi haqida kelishib olingan edi. Endilikda qonun rasman qabul qilindi va bu bilan talabning aniq sanasi ham belgilandi.
Qayd etilishicha, Apple kabi o‘z mahsulotlari uchun alohida quvvatlantiruvchi kabellar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, agar universal kabeldan foydalanmasa, bu sanadan keyin Yevropa Ittifoqida yangi qurilmalarni sota olmaydi. Shundan so‘ng, Apple kompaniyasining global marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Greg Josviak texnologik gigantni qonunga aniq rioya qilishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, bu qonun telefonlar, planshetlar, naushniklar va o‘yin pristavkalari kabi bir qator kichik va o‘rta o‘lchamdagi portativ elektronikani qamrab oladi. Noutbuk kabi katta hajmli elektronikalar bundan mustasno.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi