Yevropa Ittifoqi Navalniy masalasida Moskvaga muhlat berdi
Olam
−
20 aprel 2021
7124Yevropa Ittifoqi parlamenti assambleyasi rasmiy Moskvadan Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyni joriy yilning 7 iyunga qadar ozodlikka chiqarishni so‘radi va shu bilan bir qatorda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
TASSning xabar qilishicha, bu haqda Yevropa Ittifoqining rezolyutsiya loyihasida aytib o‘tilgan. Manbaga ko‘ra, loyiha payshanba kuni ovoz berish jarayoniga qo‘yiladi.
“Assambleya Rossiyani Yevropa Ittifoqining keyingi iyun oyida inson huquqlari mavzusida o‘tkaziladigan majlisiga qadar Navalniyni ozod qilishga chaqiradi”, deyiladi fransuz deputati Jak Mer tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyada.
Yevropa Ittifoqi rasmiy saytida aytilishicha, bu majlis 7-9 iyun sanalari oralig‘ida o‘tkaziladi.
Rezolyutsiya loyihasida Navalniy koloniyada ekanligida, unga barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilishi va o‘zi istagan shifokor ko‘rigidan o‘tishi kabi imkoniyatlarni berish so‘ralgan. Yevropa Ittifoqi Vazirlar qo‘mitasi vakillari Navalniy saqlanayotgan koloniyaga taklif etiladi. Shu bilan bir qatorda Rossiya hukumati “tashrif yuzasidan bo‘ladigan har qanday hisobot, ma’lumotlarni chop etishga ruxsat berishi lozim”.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar oyida Jak Mer Navalniyning zaxarlanishi bilan bog‘liq hodisa haqida hisobot tayyorlash uchun Rossiyaga borishini e’lon qilgandi, ammo uning tashrifi sanasi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Jak Mer Rossiya Adliya Vaziri o‘rinbosariga, Bosh prokuraturaga, Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi vakiliga bu masala yuzasidan murojaat qilgani, ammo biron marotaba javob olmaganini qo‘shimcha qilgan. Shu vaqtning o‘zida delegatsiya kotibiyati unga “Navalniy ishi bo‘yicha” Rossiya Federatsiyasi Adliya Vazirligidan olingan ma’lumotlarni, advokatlar esa salomatligi va koloniyada saqlanayotgan sharoiti to‘g‘risidagi xujjatlarni ko‘rsatishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan CNN’ga bergan intervyusida ular Rossiya hukumatiga Navalniy qamoqdalik payti nima bo‘lsa ham, bu uchun ular javobgar bo‘lishini, AQSH ularga Navalniy vafot etsa, buning oqibati yomon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirish berganini aytgandi.
Bunga javoban Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml AQSH rasmiylarining tahdidlarini hech qanday tarzda qabul qilmasligini aytgandi. Peskov agar AQSH sanksiya bosimini davom ettirsa, Rossiya ham javob choralarini qo‘llashda davom etishini ta’kidlagandi.
Ma’lumot uchun, 2011 yilda Aleksey Navalniy Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga (KQKF) asos solgandi. Ushbu tashkilot surishtiruv, tergov va korrupsion sxemalarni fosh etish bilan birgalikda davlat amaldorlarining noqonuniy boylik orttirishi to‘g‘risida filmlar ham ishlagan. Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy 2020 yilning 20 avgustida Rossiyaning Tomsk shahrida zaharlanganidan so‘ng, Germaniyada 4 oy davolanib, joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytdi va o‘sha vaqtdayoq hibsga olindi va keyinroq sud qilinib, qamaldi.
Bokirxon Qosimxonov
LiveBarchasi