Yevropa Ittifoqi Belarus rasmiylariga qarshi sanksiya joriy qildi

Olam

image

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 ta davlatning davlat va hukumat rahbarlari Belarusda saylovlarni soxtalashtirgani va tinch aholiga kuch ishlatgani uchun sanksiyalar rshyxati bo‘ycha kelishib olganini ma’lum qildi.

“Biz avval ishlab chiqilgan sanksiyalarni ishgu tushirishga qaror qildik”, degan Mishel Yevropa Kengashi sammitining birinchi kunidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

U sanksiyalar ro‘yxatiga 40 ga yaqin odam kiritishini aytdi, ammo ismlarga aniqlik kiritmadi. Sanksiyalar bugundan yozma ravishda tasdiqlangach, kuchga kiradi.

Shunisi ma’lumki, sanksiyalar ro‘yxatiga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘zi kiritilmagan.

“Lukashenko ro‘yxatda yo‘q”, degan Mishel matbuot anjumanida.

Shu bilan birga, YeI Belarusdagi vaziyatning kelgusida qanday tus olishini kuzatib bormoqchi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing