Yevropa Ittifoqi Afg‘onistonga O‘zbekiston orqali yordam bermoqchi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yevropa Ittifoqi Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun Termiz shahrida gumanitar xab tashkil etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, kecha, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Niklasson bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, shuningdek, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilingan.

Tomas Niklasson O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatayotgan yordamini yuqori baholadi hamda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish, shuningdek, Termiz shahrida gumanitar xab tashkil etishda mamlakatimiz bilan kelgusida faol hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirgan.

Tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatdagi yangi hokimiyatga nisbatan umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish, Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish yuzasidan fikr almashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing