Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 final bosqichining 4 ishtirokchi klubi aniq bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 9 mart kuni Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichining navbatdagi javob o‘yinlari yakuniga yetdi. Birinchi o‘yinda “Bavariya” PSJni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va umumiy 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Yana bir uchrashuvda “Milan” safarda “Tottenxem” bilan durang o‘ynadi (0:0). Birinchi o‘yinda 1:0 hisobida zafar quchgan Italiya klubi chorak finalga yo‘l oldi.

Hozirgacha “Chelsi” va “Benfika” turnirning keyingi bosqichiga yo‘l olgandi. London klubi Dortmundning “Borussiya”sini (2:0, umumiy hisob – 2:1), Lissabon klubi esa “Bryugge”ni (5:1, umumiy hisob 7:1) mag‘lub etdi.

Musobaqa 1/8 final bosqichining navbatdagi o‘yinlari mos ravishda 14 va 15 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yin kunida “Portu” – “Inter” va “Manchester Siti” – “RB Leypsig”, ikkinchi o‘yin kunida esa “Real” – “Liverpul” va “Napoli” – “Ayntraxt” uchrashuvlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing