Uchta bank Yevroobligatsiya mablag‘laridan 1 trillion so‘m resurs oladi

Jamiyat

image

Moliya vazirligiga yangi jalb etilgan yevroobligatsiya mablag‘laridan 1 trillion so‘mni Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobankka oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun resurs sifatida joylashtiradi. Boisi bugungi tadbirkorlarning qariyb 1 trillion so‘mlik yangi loyihalari uchun kreditlarga talabi bor. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi. 

Yig‘ilishda, shuningdek, Xalq bankiga xotin-qizlar tadbirkorligi uchun loyihalar tayyorlab, ularni o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni o‘rgatish topshirig‘i berildi. Bunda bank xodimlari ayollar bilan mijozbay, mahallabay, tumanbay bevosita ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezident Matbuot xizmatining qayd etishicha, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan imtiyozlar natijasida mamlakatda oxirgi 10 oyda 78 mingta korxona tashkil etilgan. Xususan, Xovos tumanidagi yangi kichik sanoat zonasida 7 ta loyiha natijasida 500 ta ish o‘rni yaratilgan. Umuman, tumanda jami 170 ta yangi korxona ochilgan.

Lekin Yozyovon, Uchtepa, Shofirkon va Bekobod tumanlarida faol tadbirkorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar tanqid qilindi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga bunday joylarda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berish bo‘yicha “biznes-patronaj” tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Yig‘ilishda pandemiya davrida vaqtincha ishlamay turgan 96 mingta korxona o‘z faoliyatini tiklagani qayd etilib, qolgan biznes sub’ektlariga ham bu borada ko‘maklashish muhimligi ta’kidlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Evroobligatsiya

Baholaganlar

63

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar