Yevroning dollarga nisbatan kursi 20 yilda birinchi marta 1 dollardan pastga quladi

Olam

image

AQSHda rekord darajadagi inflyatsiya haqidagi xabarlar fonida yevroning dollarga nisbatan kursi 2002 yildan beri birinchi marta 1 dollardan pastga tushdi. 

AQSH Mehnat Departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, may oyiga nisbatan inflyatsiya 1,3 foizga oshgan va yillik 9,1 foizni tashkil etgan. 

Bu AQSHda 1981 yil noyabridan beri eng yuqori inflyatsiya darajasi edi. 

Inflyatsiya haqidagi xabarlar fonida dollar indeksi so‘nggi 20 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi – 108,6, soat 16:30 holatiga ko‘ra 108,3 darajasida barqarorlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing