Yevrokomissiya Ukrainaga milliardlab yevro kredit ajratmoqchi

Olam

image

Yevropa komissiyasi Ukrainaga joriy yilda 9 milliard yevro miqdorida kredit dasturini taqdim etishni taklif qildi. Bu haqda bugun, 18 may kuni Bryusseldagi matbuot anjumanida Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Valdis Dombrovskis ma’lum qildi, deya xabar berdi TASS. 

“Biz Ukrainaga 2022 yilda mamlakatning bevosita ehtiyojlarini qondirish uchun 9 milliard yevrogacha makromoliyaviy yordam ko‘rsatishni taklif qilamiz”, degan u.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning ta’kidlashicha, tuzilma Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, xalqaro donorlar, moliya institutlari va boshqa hamkorlar ishtirokida Ukrainani qayta tiklash platformasini yaratishni taklif qilmoqda.

"Qayta qurish sarmoyani islohotlar bilan uyg‘unlashtirishi kerak. Vaqt o‘tishi bilan u Ukrainaga YeIga kirishda yordam beradi", deya qo‘shimcha qilgan fon der Lyayen.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va boshqa G7 davlatlari muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainani tiklashni moliyalashtirish uchun foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 

Shu bilan birga, G7 davlatlari Ukrainaga joriy hafta 15 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing