Yevrokomissiya Rossiya gazi uchun “maksimum narx” belgilashga chaqirdi
Olam
−
02 Sentabr 2022
8938Yevropadagi gaz omborlari o‘rtacha 80 foizga to‘ldi va bu rejalashtirilganidan ko‘p. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bugun, 2 sentyabr kuni aytib o‘tdi.
“Biz buni faqat ikki oydan keyin kutgandik”, deb tushuntirgan u.
Hozirda Norvegiya Yevropaga Rossiyadan ko‘ra ko‘proq gaz yetkazib beryapti va suyultirilgan gazning katta qismi AQSHdan kelyapti. Lyayenga ko‘ra, bu yetarli emas.
Yevrokomissiya rahbari Yevropa Ittifoqi gaz strategiyasining asosiy nuqtalarini ta’kidladi. Birinchi o‘rinda energiya tejash kerak. Bundan tashqari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarning ortiqcha foydasini qisman kam ta’minlangan va zaif korxonalarni manzilli qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish zarur. Nihoyat, fon der Lyayen Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan resurs uchun “maksimum narx” joriy etishga chaqirdi.
“Men Rossiyadan Yevropaga quvur orqali keladigan gaz narxini cheklash vaqti kelganiga qat’iy ishonaman”, deydi u.
O‘rta muddatli istiqbolda elektr energiyasi bozori tuzilmasini isloh qilish zarur, deb ta’kidlaydi Yevrokomissiya rahbari. Fon der Lyayenning fikriga ko‘ra, gaz narxini elektr energiyasi narxining umumiy dinamikasidan ajratish kerak.
LiveBarchasi