Yevrokomissiya Rossiya gazi narxiga cheklovlar kiritmoqchi emas, ammo...

Olam

image

Yevrokomissiya Rossiya gaziga yuqori narx chegarasini o‘rnatmaydi, aksincha, neft va gaz kompaniyalarining ortiqcha foydasiga soliq joriy etilishi mumkin. Bu haqda “Guardian” nashri Yevrokomissiya hujjati loyihasiga tayanib xabar berdi.

“Yevropa Ittifoqi ijroiya organi Rossiya gaziga cheklov qo‘yishdan bosh tortmoqda, biroq energetika kompaniyalarining ortiqcha foydasiga qo‘shimcha soliqlar joriy etish g‘oyasini ilgari surmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Moskva gaziga narx chegarasini joriy etish rejasining to‘xtatilishiga, YeIga a’zo ko‘plab davlatlarning bunday chora ko‘rishni istamasligi sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda neft, ko‘mir va gaz kompaniyalari foydasi besh baravar oshishi mumkin, ular uchun “birdamlik hissasi” deb ataladigan alohida soliq joriy etiladi. Kompaniyalarning ushbu kutilmagan daromadlarining paydo bo‘lishiga Ukrainadagi mojaro tufayli energetika bozoridagi o‘zgarishlar sabab bo‘lgan. Soliq miqdori matnda ko‘rsatilmagan.

Shuningdek, Yevropa hukumati olingan mablag‘larni eng zaif xo‘jaliklarni va korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatmoqchiligi qayd etilgan.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ertaga, 14 sentyabr kuni ushbu loyihani e’lon qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Putin bu g‘oyani “ahmoqona”  deb rad etgan. Agar cheklov joriy qilinsa, Yevropani bu qishda "muzlatib qo‘yish" bilan tahdid qilgan. Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berishni allaqachon qisqartirgan va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni bekor qilmaguncha, avvalgi hajmdagi oqimlarni tiklamasligini ma’lum qilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing