Yevroittifoq Rossiyaga qarshi shaxsiy sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Jamiyat

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 1206 jismoniy va 108 yuridik shaxsiga nisbatan 2014 yilda Qrimning anneksiya qilinishi va 24 fevralda Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga bostirib kirishidan keyin joriy qilingan sanksiyalarni olti oyga uzaytirdi. Bu haqda kecha, 14 sentyabr kuni Bryusselda tarqatilgan YeI kengashi bayonotida aytiladi.

“Kengash bugun Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazish yoki tahdid qilishda aybdor shaxslarga nisbatan cheklov choralarini qo‘llash muddatini yana olti oyga, 2023 yilning 15 martigacha uzaytirishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.

Hujjatga ko‘ra, sanksiyalar 1206 nafar jismoniy va 108 yuridik shaxsga nisbatan qo‘llanilishida davom etadi, ularning aksariyati ro‘yxatga Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi”ga javoban kiritilgan.

Sanksiyalar orasida jismoniy shaxslarning sayohatlariga cheklovlar, aktivlarni muzlatish va ro‘yxatga olingan jismoniy va yuridik shaxslarga mablag‘ yoki boshqa iqtisodiy resurslar taqdim etishni taqiqlash kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing