Yevro kursi 20 yilda birinchi marta dollarga nisbatan eng past darajaga tushdi

Olam

image

Yevropada gaz ta’minoti bilan bog‘liq inqiroz fonida yagona Yevropa valyutasi dollarga nisbatan deyarli 20 yil ichidagi eng past darajaga tushdi. Bugun, 5 sentyabr kuni ertalab bir yevro 0,9881 AQSH dollariga teng bo‘ldi. Oxirgi marta yevro 2002 yil oxirida undan ham pastroq bo‘lgan.

Yevropa Markaziy banki (YeMB) 2 sentyabrda bazaviy kursni 0,9993 dollar qilib belgiladi. Yagona Yevropa valyutasi o‘tgan yil davomida asta-sekin qadrsizlanib bordi va iyun oyida u keskin pasayib ketdi, iyul o‘rtalarida dollar bilan tenglashdi. Mutaxassislar buni Ukrainadagi urush oqibatlari va Rossiyadan tabiiy gazning beqaror yetkazib berilishi bilan bog‘lashmoqda. Yevropalik iste’molchilar endi import qilinadigan tovarlar uchun ko‘proq to‘lashlari kerak bo‘ladi, Yevropa eksporti esa xalqaro bozorlarda yanada jozibador bo‘ladi.

Yevropa Markaziy banki allaqachon kredit stavkalarini oshirgan va inflyatsiyani jilovlash uchun kelgusida ham shunday yo‘nalishda davom etmoqchi. Shu bilan birga, AQSH Federal zaxira tizimi (FZT) ham shunga o‘xshash choralarni ancha tezroq amalga oshiryapti, bu esa dollarning mustahkamlanishiga yordam bermoqda. Dollar va yevro kursi oxirgi marta 2002 yilda, naqd yevro muomalaga kiritilgandan so‘ng teng bo‘lgan.

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 3 sentyabr kuni “Portovaya” kompressor stansiyasida moy sizib chiqqanini aytib, “Shimoliy oqim-1” orqali gaz yetkazib berishni tiklashdan bosh tortdi. Bunga javoban Germaniyaning Siemens Energy AG kompaniyasi “Shimoliy oqim” gaz quvurini to‘xtatish uchun hech qanday texnik sabablar yo‘qligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar evro

Baholaganlar

384

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing