Yevro-2020: Angliya g‘oliblik uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda

Sport

image

Yevro-2020: Angliya g‘oliblik uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda

“Gracenote” portali Yevropa chempionatida ishtirokini davom ettirayotgan jamoalarning nimchorak finalda qayd etgan natijalariga tayanib, ularning g‘oliblik uchun imkoniyatlarini baholadi. Angliya terma jamoasi Yevro-2020 musobaqasining asosiy favoriti sifatida qayd etilgan.

Omadli yo‘l (qur’a natijasiga ko‘ra), uy stadioni omili va mustahkam himoya chizig‘i, tufayli turnirda inglizlarning g‘alaba qozonish ehtimoli 26,5 foizga teng. “Tumanli Albion” vakillari barcha uchrashuvlarda darvoza daxlsizligini saqlab qolishgan. 

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha tashkilot mutaxassislarining fikriga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni FIFA reytingi yetakchisi bo‘lgan Belgiya egallaydi, ammo vaziyat biroz murakkabrok, chunki ularga eng yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Italiya raqiblik qiladi. Eng kam imkoniyatga ega bo‘lgan jamoa sifatida Ukraina qayd etilgan.

“Gracenote” versiyasiga ko‘ra terma jamoalarning imkoniyatlari:

1. Angliya — 26,5 foiz;
2. Belgiya — 24 foiz;
3-4. Italiya — 12,5 foiz;
3-4. Ispaniya — 12,5 foiZ;
5. Daniya — 10,3 foiz;
6. Shveysariya — 5,6 foiz;
7. Chexiya — 4,6 foiz;
8. Ukraina — 3,9 foiz;

Aslida, Yevro-2020 o‘tgan yozda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa 2021 yilga qoldirildi. Musobaqaning final uchrashuvi 11 iyul kuni Londondagi “Uembli” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. 

Avvalroq musobaqada g‘olib bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan terma jamoalar haqida ma’lumot berilgan edi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing