Yevropol 382 kishini hibsga oldi, 130 jinoiy ish qo‘zg‘atdi
Olam
−
05 noyabr 2022
6247Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati (Yeuropol) 26-29 oktyabr kunlari Bolqon va Sharqiy Yevropada jinoiy tashkilotlarga qarshi o‘tkazilgan amaliyotlar chog‘ida 382 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Yeuropoldan berilgan yozma bayonotga ko‘ra, Yeurojust, Fronteks va Interpol hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 davlatning huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan amaliyotlarda 16 ming xodim qatnashgan.
382 nafar shaxsning 159 nafari muhojirlarni olib o‘tish, 112 nafari narkotik moddalar, 38 nafari qurol-yarog‘, 2 nafari odam savdosi va 71 nafari boshqa jinoyatlar uchun qo‘lga olingan.
Operatsiyalar doirasida 32 665 ta avtomashina va 998 ta bino tintuv qilindi, 75 000 kishi tekshirildi, 2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari, 5 402 tup marixuana va ko‘p miqdorda o‘qotar qurollar musodara qilindi.
Mazkur tadbirlar natijasida 130 ta yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi