Yetti yoshli qiz zerikkanidan kvartirasini yoqib yubordi (video)
Olam
−
13 avgust 2022
13131Moldovaning Dnestryani (tan olinmagan Pridnestrove Moldova respublikasi – tahr.) hududida yetti yoshli qiz zerikkanidan kvartirasini yoqib yubordi. Bu haqda rus matbuoti xabar bermoqda.
Hodisa Dnestryanining Bender shahrida sodir bo‘lgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u zerikkanidan qog‘oz, o‘yinchoqlar va boshqa narsalarni yoqib yuborgan. Oqibatda olov kvartira bo‘ylab tarqagan. Yong‘in boshlangan vaqtda qizning onasi tutun hididan uyg‘onib, yong‘inni o‘chirishga uringan, ammo alanga kuchaygani tufayli o‘chira olmagan.
Yong‘indan keyin tushirilgan videoda kvartira butunlay yonib ketganini ko‘rish mumkin. Buyumlar va mebellarni olov o‘z domiga olgan va barchasi kulga aylangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagiga ham tarqalgan.
Hodisada olti kishi jarohat olgan, ulardan biri reanimatsiyada.
Go‘zal Alimova
LiveBarchasi