YeTTB 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti qancha o‘sishini ma’lum qildi

Olam

image

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘zining “Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” hisobotini e’lon qildi. Hisobotda prognoz qilinishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5,6 foizga va 2022 yilda 6 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Shuningdek, mamlakatda xususiy iste’mol va investitsiyalar hajmi tiklanishi ham bashorat qilinmoqda. Hisobotga ko‘ra, bu yil xizmatlar sohasi, umumiy sanoat, qurilish, va qishloq xo‘jaligi kabi milliy iqtisodiyotning muhim sohalarida o‘sish kuzatilmoqda.  

Pandemiyaga qaramay, mamlakatda bozor islohotlari, jumladan davlat korxonalari va banklarni xususiylashtirish davom etmoqda. 

Markaziy Osiyoda tiklanish jarayoni barcha davlatlarda bir darajada ketmayotgan bo‘lsa-da, mintaqa bo‘yicha umumiy prognoz yaxshi tomonga qayta ko‘rib chiqilgan.  

Xom ashyo eksport qiluvchilariga foyda keltiradigan mahsulot narxlarining ko‘tarilishi, shuningdek, pul o‘tkazmalarining tiklanishi tufayli mintaqa iqtisodiyoti 2021 va 2022 yillarda ham 4,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.  

“Qayta ko‘rib chiqilgan prognozlar rag‘batlantiruvchi bo‘lsa-da, COVID-19 ning “delta” varianti kelajakda rivojlanishi to‘g‘risida hali ham katta noaniqliklar mavjud, bu esa emlash sohasida kam rivojlangan mamlakatlar va xalqaro turizmga yuqori darajada bog‘langan iqtisodiyotlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi”, degan YeTTBning bosh iqtisodchisi Beata Yavorchik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing