Yotoqxonalarga ertaroq kelgan talabalarga sharoit yaratilishi aytildi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlariga uzaytirilgan ta’til yakuniga qadar universitetga kelgan talabalarga tegishli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda talabalarga qishki qo‘shimcha ta’tilni o‘z yaqinlari bilan birga ota-onalari bag‘rida samarali o‘tkazishlari tavsiya qilingan. Shuningdek, hozirda barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha individual ishlar olib borilmoqda.

Xususan, havo haroratining keskin tushishi natijasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning avj olishi yuqori ekanligi tushuntirilib, har bir talabaga real vaziyatdan kelib chiqib, xohishlariga ko‘ra zarur sharoit yaratib berish choralari ko‘riladi.

Shu o‘rinda, o‘z yashash hududlarida qolgan talabalarga o‘z ustilarida ishlash, kitob mutolaa qilish, onlayn darslar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari tashkil etiladi.

Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari so‘raladi.

“Mazkur topshiriq vazirning shaxsiy nazoratida ekanini eslatib o‘tamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassalari yopilyotgani hamda barcha umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda ham qish ta’tili 17 yanvargacha uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing