YTB Markaziy Osiyo davlatlari uchun 1,2 mlrd dollar ajratmoqchi
Olam
−
09 noyabr 2023
2440Yevrosiyo taraqqiyot banki (YTB) Markaziy Osiyo davlatlariga ochlikni bartaraf etish va oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun 1,2 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda YTB texnik yordam jamg‘armasi koordinatori Anna-Mariya Chkoniya xabar berdi.
YTB vakiliga ko‘ra, mintaqada to‘yib ovqatlanmaslik darajasini kamaytirish uchun yo‘llarni yaxshilash kerak. Bu sifati tez buziladigan tovarlarni yetkazib berish vaqtidagi yo‘qotishlarni kamaytiradi va oziq-ovqat mahsulotlari narxini pasaytiradi.
Chkoniya Markaziy Osiyo davlatlari transport va infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga keskinroq munosabat bildirishini ta’kidlagan.
Mintaqa aholisi semirib ketish va muhim mikroelementlarning yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelmoqda. Shu bilan birga, har yili sog‘lom oziq-ovqat narxi oshib bormoqda, biroq Markaziy Osiyo aholisining butun guruhi uni xarid qilish imkoniga ega emas.
“Bugungi kunda mintaqada yashovchi 10 milliondan ortiq aholi sog‘lom oziq-ovqat iste’mol qilish imkoniyatiga ega emas”, degan Anna-Mariya Chkoniya.
LiveBarchasi