Yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga ayrim soliqlar qaytarib beriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 mayidan boshlab agar korxona va kompaniyalar yoshlarni ishga qabul qilsa, korxonalarga ushbu xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi. Bu haqda bugun, 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Bu orqali joriy yilda kamida 500 ming yoshni ishga qabul qilgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmi yaratiladi va tadbirkorlar ixtiyorida bir yilda 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoladi”, deydi Prezident.

Ta’kidlanishicha, bunda Samarqand, Farg‘onada – 110 milliard so‘mdan, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryoda – 95 milliard so‘mdan, Toshkent viloyatida – 80 milliard so‘m, Namangan, Toshkent shahrida – 70 milliard so‘mdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoroda – 65 milliard so‘mdan, Xorazmda – 60 milliard so‘m, Jizzax, Navoiyda – 40 milliard so‘mdan, Sirdaryoda – 20 milliard so‘m mablag‘ tadbirkorlar ixtiyorida qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing