Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun kreditlar ajratiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda yoshlarga kompyuter xaridlari uchun 6 million 125 ming so‘mgacha iste’mol kreditlari ajratiladi. Bu haqda “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.

Qonunchilikka ko‘ra:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan miqdori kompensatsiya qilinadi;

professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tagan vaqtida, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan BHMning 2 baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi;

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratiladi;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda BHMning 5 baravarigacha bo‘lgan miqdori hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari kompensatsiya qilinadi‘

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari BHMning 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi;

Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning BHMning 4 baravarigacha bo‘lgan qismi kompensatsiya qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing