“Yoshlar ovozi” tanlovining final bosqichi boshlanmoqda

Biznes

image

Bugun, 10 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Bo'zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining 2022 yilgi mavsumi final bosqichiga start beriladi! 

Eng kuchli iste’dodli yoshlarni kashf etadigan ushbu tanlov finali uchun allaqachon ijodiy jamoa, hakamlar hay’ati, san’atkorlar, OAV vakillari va finalda ishtirok etadigan iste’dodli yoshlar Qoraqalpog‘istonga yetib borishgan.

Yoshlar ishlari agentligining xabar berishicha, Nukus amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan finalning ochilish marosimini “Mening yurtim” va “Yoshlar” telekanallari orqali bugun soat 19:30 da to‘g‘ridan to‘g‘ri yefirga uzatiladi.

Ma’lumot uchun, tanlovda g‘olib bo‘lgan iste’dodli yoshlar: 1-o‘rin 50 000 000 so‘m, 2-o‘rin 30 000 000 so‘m, 3-o‘rin 20 000 000 so‘m va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing