“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mansabdorlaridan biri 1,8 mlrdni yeb yuborgani fosh bo‘ldi

3-sahifa

image

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filialining sobiq boshlig‘i o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan jamg‘armaning 1 mlrd 800 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, jamg‘armaning sobiq rahbari Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJ rahbari bilan til biriktirib, ushbu jinoyatni sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Tergov jarayonlari viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot berilishi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing