Bekobodda “Yoshlar – kelajagimiz” dasturiga ajratilgan kreditlar talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Bekobod tumanida 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Bekobod filiali, “P.A.” va “U.X.” MCHJ mansabdor shaxslari “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan 301 mln so‘m kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing