“Yoshlar – kelajagimiz” 1,8 mlrd so‘mni yeb yuborgan mansabdor ishi yuzasidan munosabat bildirdi

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filialining sobiq boshlig‘i jamg‘armaning 1 mlrd 800 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangandi. Ushbu holat yuzasidan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi rasmiy munosabat bildirdi.

Jamg‘arma Markaziy apparati tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunida Jamg‘armaning sobiq viloyat filiali rahbari va tadbirkor o‘zaro kelishgan holda tadbirkorlik sub’ektiga kredit sifatida ajratilgan 1 mlrd 800 mln so‘m mablag‘ni boshqa maqsadlarga ishlatgani aniqlangan.

Jamg‘armaning sobiq viloyat filiali rahbari va tadbirkorga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan to‘plagan hujjatlar 2022 yil 16 dekabrda “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan viloyat prokuraturasiga taqdim qilingan. 

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda mazkur mablag‘larni qaytarish jarayoni nazoratga olingan bo‘lib, harakatlar prokuratura organlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

“Mazkur holatga befarq bo‘lmay, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikr va mulohazalarini bildirayotgan faol fuqarolarimiz, jurnalist va blogerlarimizning tashkilot faoliyatiga oid barcha savollariga batafsil javob berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing