Yoshlar ishlari agentligi “Yosh kitobxon oila” Respublika tanlovini e’lon qildi

Jamiyat

Tanlovda g‘olib bo‘lgan yosh oila Prezident sovg‘asi – Spark avtomobili bilan taqdirlanadi.

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar uchun “Yosh kitobxon oila” Respublika  tanlovini e’lon qildi 

“Yosh oilalarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlikni mamlakatimiz bo‘ylab ko‘nikmaga aylantirish, joylarda adabiy muhit yaratish maqsadida “Yosh kitobxon oila” Respublika tanlovi e’lon qilinadi”, deyiladi Yoshlar ishlari agentligining xabarida.

Ma’lum qilinishicha, tanlovda ishtirok etish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar joriy yilning 30 mayiga qadar @kitobxonoila_bot Telegram manzili orqali ariza yuborishlari mumkin.

Shuningdek, tanlovda g‘olib bo‘lgan yosh oila Prezident sovg‘asi – Spark avtomobili bilan taqdirlanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing