“Yoshlar ishlari agentligi kubogi” shaxmat turnirining g‘oliblari aniqlandi

Biznes

image

Joriy yilning 25 iyun kuni shaxmat bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 880 million so‘m bo‘lgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” turnirining final bosqichi Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida joylashgan To‘dako‘l majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Finalda 4 ta yo‘nalishning (havaskor ayol, havaskor erkak, professional ayol va professional erkak) har biri bo‘yicha g‘oliblar: 
• 1-o‘ringa 50 million so‘m;
• 2-o‘ringa 30 million so‘m;
• 3-o‘ringa 20 million so‘m;
• Respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi esa 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev turnirning final bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 50 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan yoshlar ro‘yxatini e’lon qildi.

• Javohir Bozorov — Toshkent shahri, Yangihayot tumani “Olchazor” mahallasidan. U havaskor erkak yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
• Madina To‘xtayeva — Buxoro viloyati, Buxoro tumani “Navro‘z” mahallasidan. U havaskor ayol yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
• Bobur Sattorov — Surxondaryo viloyati, Denov tumani “Guliston” mahallasidan. U professional erkak yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
• Maftuna Bobomurodova — Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani “Al-Farobiy” mahallasidan. U professional ayol yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, mazkur turnir ilk marta mahalla, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkazilgan. Unda 327 878 nafar inson ro‘yxatdan o‘tib, har bir mahallalardan saralanib chiqqan. Yoshlar ishlari agentligi mazkur turnir orqali respublikaning barcha mahallalardagi shaxmatchilarni qamrab olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘rish mumkinki, turnirning final bosqichida ishtirok etish uchun borgan imkoniyati cheklangan shaxmatchi yigit o‘z taassurotlari bilan bo‘lishgan.

Yoshlar ishlari agentligi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing