“Yoshlar daftari” va mehribonlik uyidagi yoshlarga “prava” olish va harbiy xizmat o‘tash xarajati qoplab beriladi
Jamiyat
−
13 aprel 2021
5244Joriy yilning 1 iyulidan boshlab, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni o‘tash xarajatlari byudjetdan to‘lab beriladi. Bu haqda bugun, 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.
Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga qiziqishidan kelib chiqib, xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish harajatlarini bir qismi qoplab beriladi.
Shu bilan birga 1 iyuldan boshlab, xususiy korxonalarda yangi ish boshlagan xodimlarning qayta tayyorlash harajatlarini 1 mln so‘mgacha bo‘lgan qismiga subsidiya beriladi. Yoshlarning professional ta’lim maktablari va texnikumlarda o‘qishi uchun to‘lanadigan kontrakt summasi daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xodimlarining 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz berilishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi