Eron Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
Olam
−
12 dekabr 2022
3396Eron Tashqi ishlar vazirligi bugun, 12 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning bir qator shaxslari va tuzilmalariga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Bu haqda mahalliy IRNA axborot agentligi xabar berdi.
“Eron Tashqi ishlar vazirligi qoidalar va sanksiya mexanizmlariga muvofiq va sanksiyalarga javoban, terrorizm va terroristik guruhlarni qo‘llab-quvvatlash, nafrat, tartibsizliklar, zo‘ravonlik, terrorchilik hujumlari va Eron xalqiga qarshi inson huquqlarini buzishga undagan qasddan harakatlari uchun Yevropa Ittifoqining bir qator jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi”, deyiladi TIV bayonotida.
Eron Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, “Radio Farda” va “Radio Zamaneh” radiostansiyalarining forscha tahririyatlari hamda Fransiyaning haftalik “Charlie Hebdo” jurnali sanksiyalar ostida qolgan. Eron, shuningdek, Water Engineering Trading GmbH va Gidlemeister Projekta GmbH kabi kompaniyalarga Iroq tomonidan Eronga qarshi joriy etilgan urush paytida Saddam rejimi tomonidan qo‘llanilgan kimyoviy qurollarni ishlab chiqarishga aloqadorliklari uchun sanksiyalar joriy qilgan.
Sanksiyalar ro‘yxatiga Germaniya harbiy-havo kuchlari va Ramshteyn aviabazasi bilan aloqa bo‘yicha ofitser Maykl Trautmenn, Iroqdagi nemis qo‘mondoni Xolger Kunkel, fransuz siyosatchisi va diplomati Bernar Kushner, Yevroparlament vakili Xanna Noymann va Germaniya sobiq mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ham kiritilgan.
Eron Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Qirollik havo kuchlari (RAF Menwith Hill), Birlashgan Qirollik harbiy-dengiz kuchlarining Bahrayndagi Mina Salmon portidagi yordam markazi (United Kingdom Naval Support Facility), Erkin Eron parlament qo‘mitasi (BCFIF) va Toni Bleyr global o‘zgarishlar instituti (The Tony Blair Institute for Global Change) kabi Britaniya institutlariga ham sanksiya qo‘lladi.
LiveBarchasi