Yerni kuchli magnit bo‘roni qopladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 mart kuni Quyoshda sodir bo‘lgan kuchli chaqnashdan so‘ng, otilib chiqqan plazma Yerga yetib keldi va ayni paytda kuchli magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari institutining quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.

Aniqlik kiritilishicha, Yer atrofida quyosh shamolining tezligi deyarli ikki barobarga oshgan va soniyasiga 800 kilometrni tashkil etadi. Yerni o‘rab turgan plazma bulutining harorati taxminan bir million darajani tashkil qiladi. Quyosh moddasi kelishidan oldin Yerni o‘rab turgan gazning harorati taxminan 100 ming kelvinga ega edi, deyiladi xabarda.

O‘zgidrometning bildirishicha, mintaqa aholisi so‘nggi 9 soatlikda 5 ballik magnit bo‘roni ta’sirini his qilyapti.

Avvalroq, rossiyalik astronom Sergey Yazev Quyosh chaqnashlari Yerga qanday ta’sir qilishini aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda chaqnashlar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, magnit bo‘ronlari Quyosh-Yer fizikasining eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, unga nisbatan "kosmik ob-havo" atamasi qo‘llaniladi. Magnit bo‘ronlar - Quyoshdagi tebranishlar oqibatida bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadigan Yer magnit maydonidagi buzilishlardir. Ular sun’iy yo‘ldosh va boshqa texnologiyalarga ham ta’sir qilishi mumkin.

Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat beriladi. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Magnit bo'roni Quyosh chaqnashi mart oyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar