Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda
Bu qiziq
−
18 avgust 2021
21051Joriy yil 21 avgust kuni eng xavfli asteroidlardan biri yerga yaqinlashadi, lekin u sayyoraga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Bu haqda Moskva planetariya Matbuot xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 21 avgust kuni "2016 AJ193" asteroidi Yerga 3,4 mln km masofada yaqinlashadi. Uning diametri 1,4 kmga teng.
Ta’kidlanishicha, ushbu asteroid Yerga 7,5 million kilometr yoki undan kamroq masofada yaqinlasha oladigan xavfli ob’ektlar ro‘yxatga olingan "Yerga yaqin asteroidlar" sinfiga kiradi.
Ma’lumot o‘rnida, 2011 yilda o‘lchamlari 100 va 360 metr bo‘lgan ikkita shu kabi asteroid sayyoraga 384 ming kilometr masofada yaqinlashgan. Shuningdek, yuz yildan ko‘proq vaqt mobaynida 30 dan ortiq shunga o‘xshash yaqin parvozlar kuzatilgan.
LiveBarchasi