Yerga Burj Xalifadan ikki barobar katta asteroid yaqinlashmoqda
Olam
−
25 may 2022
24430Dunyodagi eng baland bino Burj Xalifadan ikki barobar katta asteroid Yer tomonga yo‘l oldi. Bu haqda AQSH kosmik va aeronavtika boshqarmasi (NASA) xabar berdi.
Qayd etilishicha, diametri 1,8 km bo‘lgan 7335 (1989 JA) nomli kosmik tosh NASA tomonidan “potensial xavfli” deb tasniflangan.
NASAning Yerga yaqin ob’ektlarni o‘rganish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, asteroid joriy yilning 27 may kuni Yerga yaqinlashadi. Bu vaqtda asteroid Yerdan 0,026 astronomik birlik uzoqlikda bo‘ladi va 50 000 km/soat atrofidagi tezlikda harakatlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, balandligi 830 metr bo‘lgan Burj Xalifa 2004 yilda qurilganidan beri dunyodagi eng baland bino hisoblanadi.
LiveBarchasi