Yerevan G20 davlatlarini Bakuga bosim o‘tkazishga chaqirdi
Olam
−
13 yanvar 2023 2313 2 daqiqa
Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan “Janub ovozi” virtual sammitida G20 davlatlarini Ozarbayjonga Lochin yo‘lagini ochish uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ozarbayjonning davom etayotgan provokatsiyalari va tajovuzkor harakatlari shuni ko‘rsatadiki, tegishli javobgarlik mexanizmlarining yo‘qligi Ozarbayjonni xalqaro hamjamiyatning qat’iyati va harakat qilish istagini shubha ostiga qo‘yishga undaydi. Hozirgi vaqtda xalqaro hamkorlarimiz, jumladan G20 a’zolari Ozarbayjonga Tog‘li Qorabog‘ xalqining g‘ayriinsoniy blokadasini tugatish va muzokaralar stoliga qaytish uchun aniq bosim o‘tkazishlari kerak”, deydi u.
Mirzoyanning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston (tan olinmagan – tahr.) Tog‘li Qorabog‘ va Lochin yo‘lagiga hududdagi gumanitar vaziyatni baholash, shuningdek, BMTning tegishli organlari uchun Tog‘li Qorabog‘ga insonparvarlik yordamining to‘siqsiz kirishini ta’minlash uchun xalqaro faktlarni o‘rganish missiyasini jo‘natish zarur deb hisoblaydi.
2022 yil 12 dekabrda o‘zini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Lochin yo‘lagini (Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ni bog‘lovchi yagona yo‘l u orqali o‘tadi) to‘sib qo‘ydi. Baku norozilik aksiyasidan maqsad hech qanday yo‘lni to‘sib qo‘yish emasligini, fuqarolik vositalari har ikki yo‘nalishda ham erkin harakatlana olishini bildirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025