Yerda yashovchilarni dekabr oyida to‘rtta astronomik hodisa kutmoqda

Bu qiziq

image

O‘tib borayotgan dekabr oyi astronomik voqealarga boy bo‘ladi. Ushbu oyda Quyoshning to‘liq tutilishi, ikkita yulduz uchishi hamda Yupiter va Saturn sayyoralari o‘rtasida noyob bog‘lanish hodisalari bo‘lishi kutilmoqda

"Bu hodisalarning barchasi 14 va 21 dekabr kunlari yoki shu sanalar yaqinida sodir bo‘lishi juda qiziq. Shuning uchun ularni 2020 yilning eng astronomik sanalari deb atash mumkin", deyilgan xabarda.

Ta’kidlanganidek, 14 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:13 da Quyoshning to‘liq tutilishi yuz beradi. To‘liq tutilish fazasi 130 daqiqa davom etadi. 

Xuddi shu kuni kechasi Geminid meteorit yomg‘iridan ham maksimal darajada bahramand bo‘lish mumkin bo‘ladi. 

21 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:02 da esa astronomik qish tashrif buyuradi. Bu yilning eng qisqa kuni bo‘ladi. Shu paytdan boshlab kunduzgi soatning cho‘zilishi boshlanadi.

Xuddi shu kuni ikkita gigant - Yupiter va Saturn sayyoralari o‘rtasida noyob bog‘lanish hodisasi bo‘lishi kutilmoqda. Bunday hodisa bir asrda bir marta sodir bo‘ladi. 

So‘nggi marta 794 yil oldin, ya’ni, 1226 yilning 4 martida Yupiter va Saturn sayyoralari o‘rtasida noyob bog‘lanish hodisasi kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

605

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing