Yerda ikkinchi Oy paydo bo‘ldi (foto)
Bu qiziq
−
29 fevral 2020
34114Astronom Kachper Vejchos Twitter’dagi o‘z sahifasida Yerning yangi yo‘ldoshi paydo bo‘lgani haqida ma’lum qildi. U NASA va Arizonaning Catalina Sky Survey Universiteti qo‘shma ilmiy loyihasida ishlamoqda. Bu loyihada Santa-Katalina (AQSH) tog‘larida turib Yerga yaqin ob’ektlar kuzatiladi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, “mini-Oy”ni uning hamkasbi Teodor Preyn aniqlagan.
BIG NEWS (thread 1/3). Earth has a new temporarily captured object/Possible mini-moon called 2020 CD3. On the night of Feb. 15, my Catalina Sky Survey teammate Teddy Pruyne and I found a 20th magnitude object. Here are the discovery images. pic.twitter.com/zLkXyGAkZl
— Kacper Wierzchos (@WierzchosKacper) February 26, 2020
Ob’ektning diametri 1,9 dan 3,5 metrgacha. Uni shartli ravishda 2020 CD deb nomlashgan.
Smitsonovskiy observatoriyasining kichik sayyoralar markazi ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
(2/3) The object has just been announced by the MPC and its orbit shows that it entered Earth's orbit some three years ago. Here is a diagram of the orbit created with the orbit simulator written by Tony Dunn: pic.twitter.com/2wsJGtexiO
— Kacper Wierzchos (@WierzchosKacper) February 26, 2020
Aslida, gap Yerning tortish kuchi bilan harakatlanadigan asteroid haqida ketmoqda. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu uch yil oldin sodir bo‘lgan. Ular bu xulosaga osmon jismining harakat trayektoriyasini hisoblab chiqishganidan so‘ng kelishgan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, milliondan ortiq asteroidlar fanga ma’lum. Ammo butun tadqiqotlar tarixida bunday ob’ektlarning Yer sun’iy yo‘ldoshiga aylanishi ikkinchi bor kuzatilmoqda. Ilk bor bunday holat 2006 yilda kuzatilgan edi. O‘shanda Catalina Sky Survey tadqiqotchilari avtomobil hajmicha keladigan astroidni aniqlashgan edi. U Yer atrofida yarim yil davomida aylangan, shundan so‘ng Quyosh orbitasiga chiqib ketgan edi.
Astronomlarning ta’kidlashicha, 2020 CD3 bir necha oy davomida Yerning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lib qoladi. Ular ushbu ob’ektni yanada batafsil o‘rganmoqchi. “Mini-oy” yuzasidagi yorug‘likning yuqoriligi uning uglerodga boyligidan dalolat beradi.
LiveBarchasi