“Yeralash” asoschisi koronavirusdan vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

"Yeralash" bolalar kinojurnalining badiiy rahbari Boris Grachevskiy vafot etdi. Uning o‘limiga COVID-19 koronavirusi sabab bo‘lgan. Bu haqda "RBK" xabar bergan. 

Grachevskiyning do‘sti, aktyor Vladimir Dolinskiy ham boshqa bir manbaga bergan intervyusida uning o‘limi sababi koronavirus ekanini tasdiqlagan. 

Ta’kidlanishicha, 71 yoshli Grachevskiy 2020 yil dekabr oyining oxirida shifoxonaga yotqizilgan. 

31 dekabr kuni uning rafiqasi erining ahvoli og‘ir ekani haqida xabar bergan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Grachevskiy 7 yanvar kuni o‘pkaga sun’iy nafas yetkazib beruvchi apparatga ulangan. 

Boris Grachevskiy 1949 yilning 18 martida Moskvada tug‘ilgan. 

U "Yeralash" bolalar kinojurnalining asoschilaridan biri, 1974 yildan buyon uning direktori, 2002 yildan e’tiboran badiiy rahbari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Grachevskiy

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar