Yer usti metro liniyasi nega kechikib ish boshlagani tushuntirildi

Jamiyat

image

Bugun, 28 dekabr kuni “Yer usti halqa yo‘li” metro yo‘nalishida poyezdlar harakati belgilangan tartibda soat 05:00 dan emas, soat 07:10 dan yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur kechikish faqat bir kun kuzatilgan bo‘lib, Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida yangi metro bekatlarining qurilishi bilan bog‘liq qurilish, ta’mirlash ishlari tungi belgilangan vaqt oralig‘ida bajarilishi rejalashtirilgan. 

Hozirda mavjud metro yo‘nalishlarda poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirmoqda.

“Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi metropoliten xabarida.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing